Toşkentda 14-15 may kunlari Özbekiston va Tojikiston örtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 8-yiğilişi bölib ötadi.
Şu munosabat bilan, Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda boşçiligidagi delegatsiya 14 may kuni Özbekistonga taşrif buyuradi.
Taşrif dasturidan Toşkent şahridagi bir qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanişiş örin olgan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişi yakunlari böyiça hujjatlar imzolanişi közda tutilgan, deyiladi Özbekiston boş vaziri matbuot xizmati xabarida.
Bundan oldin, Tojikistonning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlangani ma'lum qilingandi.













