Qoraköl tumanida ilk arxitektura yodgorligi – madaniy meros obekti aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyat madaniy meros boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Qoraköl tumanidagi “Şörabot” mahalla fuqarolar yiğini raisining murojaatiga asosan mahalla hududida joylaşgan qadimgi masjid binosi Buxoro viloyat madaniy meros boşqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida örganildi.

Masjid binosi XIX asrning ikkinçi yarmida, ya'ni 1884-85 yillarda mahalla-guzar masjidi sifatida qurilgan bölib, uç asrlik tarixga ega. Masjid yoğoç konstruksiyali bölib, kvadrat şaklli bir ustunli, öymakori tösin va vassa yopilgan. Ustun, tösin va “boğdodi” eşiklari yoğoç öymakorligi bilan bezatilgan. “G” harfi şaklidagi yetti ustunli ayvoni hozirda saqlanmagan, uning örnida XX asr oxirlarida qurilgan ayvon mavjud. 

Bildirilişiça, hozirgi kunda uşbu masjidda qişloq kutubxonasi (Qoraköl tumani kutubxonasi filiali) joylaşgan.

Şuningdek, Buxoro viloyat madaniy meros boşqarmasi Badiiy ekspertiza bölimi boşliği tomonidan mahalla raisi, qişloq oqsoqoli, “Qadimgi Poykent şahri tarixi” muzeyi direktori iştirokida ilmiy örganiş işlari ötkazildi. Natijada, masjid ustuniga öyib yozilgan tarixiy yozuv, arab alifbosi asosidagi fors tilida nastalih xatidagi yozuv ekani va u quyidagi mazmunga ega ekanligi aniqlandi: 

fors tilida “In masjidro bino kard Röziboy ibn Ğaybulloboy 1304” ya'ni, “Bu masjid Ğaybulloboy öğli Röziboy tomonidan hijriy 1304 yilda qurdirilgan” degan sözlar yozilgan. 

“Uşbu yozuvlar asosida xulosa qilib aytganda, mazkur masjid tarixiy va badiiy qiymatga ega ekanini inobatga olib, uni moddiy madaniy meros yodgorligi sifatida röyxatga oliş böyiça işlar olib borilmoqda”, deyiladi ma'lumotda.