Bugun, 14 may kuni, Özbekistonga Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Tojikiston delegatsiyasi 15 may kuni Özbekiston va Tojikiston örtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 8-yiğilişida iştirok etadi.

Taşrif dasturidan Toşkent şahridagi qator sanoat obektlari faoliyati bilan yaqindan tanişiş ham örin olgan.

Özbekiston boş vaziri matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişi yakunlari böyiça qator hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.

Avvalroq, Tojikiston boş vaziri boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga kelişi xabar berilgandi.