Bahodir Yöldoşev teatrda maşhur san'at asarlari – "Maysaraning işi", "Farmonbibi arazladi", "Kelinlar qözğoloni" va boşqa köplab spektakllari orqali xalq e'tirofiga sazovor bölgan. Teatr ruhini çuqur tuşuna olgan ijodkor vafotidan ança oldin jurnalist Gulmira Musajonovaga bergan intervyusida teatr haqida ta'sirli gaplarni aytgan edi.
"Biz qaçondir teatrlarni isloh qiliş davriga yetib kelamiz. Hukumat kun kelib nima sababdan xalq ongi rivojlanişdan töxtab qolayotganini, tadbirkorlarning puli bor-u saviyasi yöqligi, nima uçun ular xorijlik tadbirkorlar bilan teatr, musiqa haqida fikr almaşolmasligi haqida öylab köradi. Millatni tarbiyalaş uçun teatr juda katta vosita. Bu davrga, albatta, kelamiz. Boşqa ilojimiz yöq.
Mana, hozir köp teatrlar qurilyapti. Ularning köpçiligi hokimiyatlar majlis ötkazadigan joyga öxşaydi, teatr sahnasi talablariga javob bermaydi, hokimiyat öz tadbirlari, majlislarini ötkazadigan joy hisoblanadi. Teatr qurmoqçi ekansiz, dunyo andozalaridan olib quriş kerak. Şunçaki har bir teatr zali tomida osmon tasviri bölgani bilan teatr bölib qolmaydi. Har bir teatr xuddi insonga öxşaydi. Binosining ham öz xarakteri, yuzi bölişi kerak.
Respublikada jami 37 ta teatr bor. Ular haqiqatan öz işlari bilan şuğullanyaptimi yoki keçqurun töyga borib kelib rejani bajarişyaptimi? Öşa teatrlarda mahoratli aktyorlar bölsa, ular ham islohotga muhtoj. Çunki şunday teatr aktyorlari borki, ular bir umr yaxşi rejissyorni körmay ötib ketişgan. Hozirgi teatrlar işlab ketişi, öz vazifasini bajarişi uçun hukumat darajasida teatrlar faoliyatini takomillaştiradigan qarorlar kerak.
Hozirgi teatr – bu sovet davri teatri. Teatrlarning şakl-u şamoyili sovet tuzumidan qolib ketgan. Biz boşqa zamonda yaşayapmiz. Hozir biz umuman boşqa odamlarmiz. Teatr zamon özgarganini birinçilardan bölib his qilişi kerak. Agar unday bölmasa, unda uning heç kimga keragi yöq".

















