Davlat dumasi deputatlari Rossiyaning «Oçiq osmon» şartnomasidan çiqişini qöllab-quvvatlaşdi. Tegişli hujjat Rossiya parlamentiga prezident Vladimir Putin tomonidan ovoz beriş uçun kiritilgandi.

Şartnoma 1992 yil 24 martda Xelsinkida imzolangan va Rossiya tomonidan 2001 yil 26 mayda ratifikatsiya qilingan. U şartnomaga a'zo davlatlarga bir-birlarining hududi ustidan belgilangan kvotalar böyiça kuzatuv parvozlarini amalga oşiriş imkonini beradi. Hujjatda bunday parvozlarni amalga oşiriş tartib-qoidalari, kuzatuv samolyotlariga bölgan talablar, kuzatuv qurilmalari tarkibi va texnik körsatkiçlari böyiça çeklovlar, şartnomaga amal qilinişi ortidan kuzatiş mexanizmlari belgilab qöyilgan. 

Avvalroq AQŞ Rossiya tomonidan şartnoma buzilayotgani vaji ostida kelişuvdan çiqiş jarayonini boşlagandi. Moskva öz navbatida AQŞ va şartnomaga a'zo bir qator davlatlarga öz e'tirozini bildirgan. Rossiya şartnomadan çiqişga tayyorlanayotganini joriy yanvarda ma'lum qilgan.   

Rossiya AQŞ şartnomadan çiqqandan keyin unda NATOga a'zo davlatlar qolişi, bu esa Vaşingtonga ulardan axborot oliş imkonini berişi, biroq Rossiyaga AQŞ hududi ustidan nazoratni amalga oşiriş taqiqlanişini aytgan. 

Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Rossiya har doim xalqaro kelişuvlarning özaro işonç va hurmat tamoyillari asosida saqlanişini qöllab-quvvatlaşi, biroq milliy xavfsizlikni xavf ostiga qöya olmasligini aytgan. «AQŞga ittifoqdoş davlatlar samolyotlari mamlakatimiz ustidan uçib, monitoring olib borsa, unda qanday xavfsizlik haqida gap borişi mumkin?» — deb aytgan Volodin.

Endi şartnoma Rossiya parlamentining yuqori palatasi – Federatsiya kengaşi tomonidan körib çiqiladi.