Uning aytişiça, agar tabiatga hozirgidek kölamda zarar yetkazilişi davom etsa, unda 2100 yilga borib Maldiv dunyo xaritasidan yöqolişi mumkin.

«Iqlim özgarişi bor narsa, biz esa bu muammo oldida dunyodagi eng zaif davlatmiz», deb aytgan Şauna CNBC telekanali efirida.

Uning ta'kidlaşiça, bugungi kunda Maldivning 80 foizi dengiz sathidan bor-yöği bir metr balandlikda joylaşgan. Hozirda orollardagi quruqlikning katta qismida toşqinlar va sohilböyining yemirilişi kuzatilmoqda. Orollar hukumati iqlim özgarişi ta'sirini kamaytiriş uçun çoralar körmoqda. Jumladan, Maldivda sohilböyi hududlarini muhofaza qiliş böyiça işlar amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, mamlakat qolgan davlatlarga örnak böliş maqsadida atrof-muhitga çiqariladigan issiqxona gazlarini qisqartiriş borasida yetakçiga aylanişga intilmoqda.