Qöqon şahrida 17 may kuni maktab öquvçilari öz sinfdoşini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea, 17 may kuni soat 11:00 larda Qöqon şahridagi 4-sonli maktabning sport maydonida uşbu maktabning 11-sinf öquvçisi 17 yoşli M.I. va sinfdoşi 18 yoşli M.A. örtasida sodir bölgan. Ikki sinfdoş bir-birlari bilan özaro gap talaşib janjallaşib qolgan.
Janjal davomida M.A. M.I.ning qorin sohasiga qöli bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Tayinlangan sud tibbiy ma'lumotnomasiga köra, voyaga yetmagan M.I.da qorin oldi devori tömtoq şikasti, jigar çap bölagi ezilib yorilişi, içki qon ketiş, postgemorragik şok oğir darajasi jarohatlari aniqlangani körsatilgan. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida uşbu janjalga hodisadan bir hafta oldin M.I. sinfdoşi M.A.ga «Avtoritet bölib ketibsanmi, özgarib qolibsan», degan sözlarni işlatgani sabab bölgani aniqlangan.

Xabarda şuningdek, hozirda holat yuzasidan M.A.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangani aytib ötilgan.

Avvalroq, Farğona şahrida 18 yoşli yigit haydovçiga piçoq bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.