Hindiston «qora moğor» muammosini bartaraf etişda yordam berişi mumkin bölgan dorilarni izlamoqda. Bu haqda Hindistonning Rossiyadagi elçisi Bala Venkateş Varma ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, «qora moğor» yoki mukormikoz kasalligi koronavirusdan davolaş uslublaridagi nojöya ta'sirlar oqibatida kelib çiqqan.

«Biz biror dori vositasi taqdim eta olişi mumkinligini biliş maqsadida Rossiya hukumati bilan ham boğlandik. Şuningdek, «qora moğor» muammosi kelib çiqmasligi uçun koronavirusdan davolaş sxemasini özgartiriş uslubini izlayapmiz», – ta'kidlagan Varma.

Mukormikoz intensiv davolaş bölimida yotgan, uzoq vaqt steroidlar qabul qilgan, qand kasalligi bölgan koronavirus bemorlarida aniqlanmoqda.

Hindistonda «qora moğor» kasalligi may oyi boşida qayd etilgandi.

Rajaston va Telangana ştatlarida mukormikoz epidemiyasi e'lon qilingan.