Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasi xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan mutasaddi xodim jazolangan. Bu haqda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 21 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasi tez tibbiy yordam bölimi xodimlari tunda navbatçilikdan söng, ertalab tibbiyot birlaşmasi hududidagi ötlarni yulişga majburlanganliklari haqida videolavha tarqalgan. Şundan söng, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tekşiruv ötkazilganda, haqiqatdan Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasida mutasaddi şaxs majburiy mehnatga yöl qöyganini aniqlagan.

Qayd etilişiça, Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasi tez tibbiy yordam bölimida xöjalik bekasi sifatida faoliyat yuritayotgan Z.A. qöl ostida işlovçi xodimlari O.B.ning navbatçilik vaqti tugaganidan söng, M.A. va M.A.ni esa iş vaqtida özlariga yuklangan vazifalarni bajartirmasdan, ularni mehnatga ma'muriy tarzda majburlagan. 

Ta'kidlanişiça, Davlat mehnat inspeksiyasi qaroriga asosan, Z.A.ga nisbatan Ma'muriy kodeksning tegişli moddasiga köra, ma'muriy javobgarlik töğrisida iş qözğatiş va amaldagi bazaviy hisoblaş miqdorining ellik barobari miqdorida jarima jazosi tayinlaş belgilangan.