Hindiston poytaxtida 200ga yaqin kişida mukormikoz ("qora moğor") aniqlandi. Bu haqda Dehli poytaxt okrugi soğliqni saqlaş vaziri Satendar Jayn ma'lum qildi.
"Şaharda 197ta "qora moğor"ga çaliniş holati qayd etildi. Avvallari bir yilda 30-50ta ana şunday holat aniqlanardi, endilikda ularning soni keskin ösdi", - dedi Jayn.
Uning sözlariga köra, 10ga yaqin xususiy klinika va uçta davlat şifoxonasida "qora moğor"ga çalingan bemorlar davolanmoqda.
U mukormikozdan davolaş uçun dorilar yetişmayotganini aytdi.
"Taqçillik butun mamlakat böylab kuzatilmoqda, Dehli ham bu muammoga duç kelgan", - dedi vazir.
Mukormikozga çaliniş holatlari Nyu-Dehlida, Rajaston, Telangana, Maxaraştra, Karnataka, Uttarakxand, Madxya-Pradeş, Andxra-Pradeş va Bixa ştatlarida qayd etilgan. Mahalliy OAVning yozişiça, Hindistonda mukormikozga çalinganlar soni kamida 7250 nafarga yetgan.
Avvalroq Rajaston va Telangana ştatlarida mukormikoz epidemiyasi e'lon qilingandi.

















