AQŞ Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi 2020 yilda Özbekistonda inson huquqlariga rioya etilişi yuzasidan hisobot e'lon qildi.

Hisobotda mamlakatdagi söz erkinligiga doir vaziyat haqida töxtalib ötilgan.

«Konstitutsiya va qonunçilikda söz erkinligi, şu jumladan matbuot erkinligi uçun ham huquq mavjud, lekin hukumat onlayn va oflayn OAV uçun uşbu huquqlarni çekladi.

Hukumat odamlarning hukumatni tanqid qiliş yoki umumiy ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni muhokama qiliş imkoniyatiga nisbatan rasmiy va norasmiy çeklovlar qölladi», – deyiladi byuro hisobotida.

Ta'kidlanişiça, 2020 yil davomida ham hukumat OAV materiallarini nazorat qilib turgan, şu sababli ular erkin faoliyat yuritmagan.

Hisobotda, çet ellik jurnalistlar Özbekistonda akkreditatsiyasiz işlaşi taqiqlangani, hukumat esa ba'zi xorijiy jurnalistlar va OAVni mamlakatga kiritmaslik uçun akkreditatsiya qoidalaridan foydalangani aytiladi.

AQŞ Davlat departamenti, şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining koronavirusga oid statistikasiga şubha bildirgan OAVlar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ogohlantiriş olganiga e'tibor qaratgan.

«Içki işlar va xavfsizlik xizmati organlari bosma va eşittirişlar olib boradigan jurnalistlarga qarşi hibsga oliş, ta'qib qiliş va qörqitiş çoralarini kuçaytirdi», – deyiladi AQŞ Davlat departamenti dokladida.

Şu bilan birga, prezident Şavkat Mirziyoyev OAVni qöllab-quvvatlayotgani, jurnalistlar «keng kölamli özgarişlarni xolis yoritiş bilan bir qatorda hukumat va jamoatçilik e'tiborini joylardagi dolzarb muammolarga jalb qilayotgani»ni ta'kidlagani eslab ötilgan.

Hisobotda bir neça bloger va jurnalistlarning Telegram-akkauntlariga hujum qilingani, «Sardoba» fojiasi davlat televideniyesida qanday yoritilganini tanqid qilgan ikki sport jurnalisti – Jamoliddin Bobojonov va Bobur Akmalov işdan böşatilgani, Qoraqalpoğistonning sobiq rahbari, marhum Musa Yerniyazovning vafoti haqida tasdiqlanmagan xabar tarqatgani uçun qoraqalpoq naşrlari boş muharrirlari söroq qilingani haqida ham söz boradi.

Bundan taşqari, birgina Farğona viloyatiga oid bir neçta voqeliklar sanab ötilgan. «Ma'rifat» gazetasining Farğonadagi muxbiri bozor yarmarkasidagi holatni telefoniga videoga olgani uçun IIBga olib ketilgani, bloger Otabek Nuritdinov 15 sutkaga, söxlik bloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamalgani, Effect.uz naşri operatoriga hujum qilingani şular jumlasidan.