26 may kuni inson huquqlari böyiça vakil Feruza Eşmatova boşçiligidagi ekspertlik guruhi Toşkent şahridagi 23-son mahkumlarga möljallangan ixtisoslaşgan kasalxonaga taşrif buyurdi, deb xabar beradi ombudsman matbuot xizmati.
Respublikada yagona bölgan mazkur şifoxonada umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalardagi barça erkak mahkumlar, umrbod qamalganlar ham davolanadi. Ayol mahkumalar esa kasallik toifasiga köra, SSV tizimidagi şifoxonalarda, maxsus qöriqlov asosida tibbiy xizmatdan foydalanadi.
Monitoring ötkaziş vaqtida ombudsmanga IIV Jazoni ijro etiş departamenti tibbiy bölimi boşliği, podpolkovnik Bahodir Yusupov hamrohlik qilgan. U 2020 yilning pandemiyasi sabab qamoqxonalarda ham epidemiologik vaziyat keskinlaşganini, şu bois jazoni ijro etiş muassasalari uçun alohida laboratoriya taşkil etilganini qayd etgan.
«Şu PZR-laboratoriyasini 2020 yilning 20 avgustida işga tuşirdik. 28 kunda qurib bitkazildi. Hozirgi kunda butun qamoqxona tizimi — viloyatlardan olib kelinsa ham, şu yerda tekşiruvdan ötkaziladi. Saqlaş uçun muzlatkiçlar ham örnatilgan. 10 nafar tibbiyot xodimi bor», — deydi podpolkovnik.
Uning qöşimça qilişiça, uşbu laboratoriya uçinçi va törtinçi darajali öta yuqumli kasalliklarni aniqlaşga möljallangan. «Hozirgi paytda bu yerda nafaqat PZR, balki Gepatit B, C, D, sifilis, OITS ham aniqlanyapti. Qolaversa, immunoglobulin (IgM, IgG)lar ham tekşirilyapti», — deya ta'kidlaydi Bahodir Yusupov.

«Gazeta.uz.uz»ning yozişiça, taşrif davomida Yusupov 2021 yilda qamoqxonalarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib oliş holatlari kuzatilmaganini ma'lum qilgan.
«Özbekistondagi jazoni ijro etiş muassasalarida bu yil hisobidan hali birorta mahkum koronavirusga çalingani yöq. AOKAda ötkazilgan anjumanda 2020 yili umumiy mahkumlarning 9 foizi kasallanganini aytgan edim. Ötgan yili koronavirus oqibatida bitta ham ölim yuz bermadi», — dedi u.
Respublikaning jazoni ijro etiş muassasalaridagi barça mahkumlardan COVID-19’ga tahlillar olinib, tekşirib turilgani aytilgan.


















