Voqea 25 may kuni Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida joylaşgan Ziyovuddin şaharçasidagi «Xöja-Ziyovuddin» jome masjidida röy bergan.

Videoda xodimlar voyaga yetmagan boladan kim bilan va qaçon kelganini sörab, uning qölidagi sumkani oçib tekşiradi. IIB xodimi boladan masjidda qanday dars ötkazilayotgani böyiça ma'lumot oliş uçun, savollar beradi. Videotasvirda şuningdek, tasvirga olayotgan şaxs va xodimlar tortişib qolgani ham aks etgan.

Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasi holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

«Holat 2021 yil 25 may kuni Paxtaçi tumanida sodir bölgan. Şu kuni soat 20:30 lar atrofida Paxtaçi tumani IIB xodimlari hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Paxtaçi tumani Ziyovuddin şaharçasida joylaşgan «Xöja-Ziyovuddin» jome masjidi közdan keçirilganida, maxsus diniy ma'lumotga ega bölmagan X.A. ismli şaxs 11 nafar (5 nafari voyaga yetmagan) şaxslarga diniy taşkilot boşqaruvi markaziy organining ruxsatisiz, diniy ta'limotdan saboq berayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan X.A.ga nisbatan MJtK ning 241-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, kelgusida diniy ta'limotlardan saboq beriş niyati bölsa, maxsus diniy bilimlarni egallab, qonunlarga asosan, vakolatli diniy organlarning ruxsati asosida faoliyat körsatişi mumkinligi tuşuntirilgan.

Içki işlar organlari heç kimning diniy bilim olişini çeklamaydi. Yurtimizda diniy bilim oliş uçun barça zaruriy şaroitlar yaratilgan. Faqatgina qonunçilikka asosan, belgilangan me'yorlarga amal qiliş söraladi.

Şu örinda, farzandlariga diniy bilimlarni örgatmoqçi bölgan ota-onalarga murojaat qilib, diniy ta'limotni maxsus diniy muassasalarda, malakali mutaxassislardan olişlarini sörab qolamiz», deyiladi munosabatda.

Biroq viloyat IIBning rasmiy munosabatida voyaga yetmagan bola nima uçun ota-onasi yoki vasiylari iştirokisiz tergov, söroq qilingani, xolislar iştirokisiz uning şaxsiy buyumlari tintuv qilingani xususida izoh berilmagan.

Eslatib ötamiz, ötgan yili IIV karantindan söng bolalarning masjidlarda namoz öqişi uçun heç qanday taqiqlar bölmasligini ma'lum qilgan edi