Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali bölim boşliği va uning şerigi fuqarolarga Qozoğiston Respublikasidagi institutlardan birida öqiyotgani haqida hujjat tayyorlab sotayotganda uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kattaqörğon şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Qozoğistondagi institutlardan birida öqiyotgani haqida hujjat tayyorlab sotayotgan TATU Samarqand filiali bölim boşliği va uning şerigi uşlangan.
Jumladan, B.T. tanişlari orqali fuqaro Ş.ning ukasi va jiyaniga Qozoğistondagi institutlardan birida 2020 yil sentabr oyidan öqiyotgani töğrisida hujjatlarni tayyorlab beriş evaziga 4 200 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Söng uning körsatmalariga köra, tadbir davom ettirilganda, TATU Samarqand filialida bölim boşliği lavozimida işlovçi M. fuqaro B.T.dan 3 000 dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, prokuraturaga yuborilgan.
Samarqandda 2000 dollar miqdorida pora olayotgan öqituvçi qölga tuşdi

















