Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tadbirkorning pullarini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Angor tumanida tadbirkorning pullarini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «G.» MChJga qarashli 4 ta dorixonada pul mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlangan.
Jumladan, MChJda sotuvchi vazifasida ishlagan fuqaro Sh.T. va boshqalar o‘zlarining moddiy javobgarligida bo‘lgan 75,6 million so‘mlik dori vositalarini hamda 142,2 million so‘m savdo pullarini bank muassasasiga topshirmasdan, talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Sh.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026