Kun.uz Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) örinbosari, Bola huquqlari böyiça vakili Aliya Yunusova bilan suhbatlaşdi. Bolalar Ombudsmani bolalarga nisbatan işlatilayotgan jinsiy zöravonliklar, mehribonlik uylari faoliyatidan qoniqmasligi, vasiylik-homiylik organlari işini takomillaştiriş, farzandlikka olişdagi yillab navbatlar haqida fikrlarini bildirdi.

– Bolalar Ombudsmani faoliyati nimalardan iborat? Özi bu lavozim jamiyatga kerakmi?

– Xorij davlatlarida bolalar ombudsmani bolalar himoyaçisi deb hisoblanadi. Biz advokatlik faoliyatini körsatmaymiz. Lekin biz bolalar manfaati uçun kerakli davlat organlariga murojaat qilişimiz mumkin. Faoliyatimiz Konstitutsiyadan, Bola huquqlari töğrisidagi Konvensiya va boşqa xalqaro hujjatlarda kelib çiqqan holda bolalar manfaatlarini himoya qilişdan iborat.

– Özbekistonda bolalarning qanday huquqlari buzilmoqda? Bolalarga nisbatan zöravonliklar sodir bölyaptimi?

– Bolalarga nisbatan zöravonlik uçrab turibdi. Hatto 5–9, 10–14 yoşli bolalarga nisbatan jinsiy zöravonliklar amalga oşirilyapti. Bu haqiqatan açinarli holat. Bu holatlarni özimiz nazoratga olib, Boş prokuraturaga rasmiy hat bilan murojaat qilamiz.

Uşbu holatlar yuzasidan sud jarayoni ötkazilganda, Bolalar ombudsmani vakili qatnaşib, jabrlangan bolani himoya qilişga kirişadi. Şu kabi vaziyat sodir bölganda, qonuniy vakilimiz sudda qatnaşdi va jinoyatçiga nisbatan 15 yillik qamoq jazosini tayinlaşga erişildi.

– Jinsiy zöravonlikka uçragan bolalar nomidan bolalar ombudsmaniga qança murojaatlar kelib tuşdi?

– Murojaatlarni körib çiqişda ota-onalar, yaqinlari bilan muloqot olib boramiz. Imkon darajasida jinsiy zöravonlikka uçragan bolalarning özi bilan ham gaplaşamiz. Bir yil içida menga 10ga yaqin şunday murojaatlar kelib tuşdi. Bolalar bilan şunaqa hodisalar sodir bölişi açinarli.

Bolalarga nisbatan qöllanadigan jinsiy zöravonliklarga beriladigan jazo turini kuçaytiriş orqali yuqoridagi holatlarga barham bergan bölamiz. Şu maqsadda Boş prokuraturaga takliflar işlab çiqişni rejalaştirganmiz.