Sudlov hay'ati bunga Mehnat kodeksining 270-moddasida nazarda tutilgan normani, ya'ni sudga murojaat qilişning 1 oylik muddati ötkazib yuborilganini asos qilib keltirdi. Ya'ni JIB Surxondaryo viloyat sudining 2019 yil 25 dekabrdagi ajrimidan söng işga tiklaş haqidagi talab bilan FIB Termiz tumanlararo sudiga bir oy içida emas, 2020 yil 15 iyunda murojaat qilgani qayd etildi.

Şuningdek, takroriy kassatsiya instansiyasi Oliy sud tomonidan işni avvalgi körişda muddat notöğri hisoblanganini ta'kidladi. Ya'ni sudlov hay'ati da'vogarning da'vo talablariga nisbatan Mehnat kodeksining 270-moddasida belgilangan bir oylik muddatda murojaat qilişi lozimligini töğri talqin qilgan bölsa-da, da'vogar sud hukmiga asosan 2016 yil 3 may kuni sud zalidan qamoqdan ozod qilinganidan da'vo muddatini hisoblab, notöğri xulosaga kelgan, deb topildi.

Yakunda takroriy kassatsiya ajrim çiqarib, Oliy sudning 2021 yil 5 fevraldagi avvalgi ajrimini özgarişsiz qoldirdi.

Hasan Samatov FIB Termiz tumanlararo sudiga 2020 yil 15 iyunda murojaat qilgani rost ekanini tan oldi. Biroq u Şuhrat Musayev bilan birga aynan şu sudga xuddi şu mazmundagi ariza bilan 2020 yil 24 yanvarda ham murojaat qilganini, sud esa «da'vogar nizoni sudgaça hal qiliş tartibiga rioya qilmagan» degan vaj bilan da'vo arizani körmasdan qoldirganini ma'lum qildi.

Panji Haydarovning xuddi şu sudga aynan şu sanada xuddi şu mazmunda bergan da'vo arizasi esa uşbu sud tomonidan körib çiqilib, 2020 yil 12 martdagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan. Bu yerda ham bir maqolamizda aytilganidek, ikki xil standartga guvoh bölişimiz mumkin.

Hasan Samatov va Şuhrat Musayev aslida Oliy sud ajrimida aytilgan 1 oylik muddatni ötkazib yuborişmagani tufayli uşbu holatni yangi oçilgan holat deb topib, şu asosga köra işni qayta köriş lozim, deb hisoblaşmoqda va şu mazmunda Oliy sudga ariza ham taqdim etişgan. Maqsud Umarjonov esa sudga arizani keyinroq topşirgani tufayli 1 oylik muddatga ilinmasligiga közi yetib, kuraşni töxtatgan.

Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolada soxta dalillar asosida tergov qilinib, tazyiq ostida yozdirib olingan bildirgilarga asosan işdan böşatilgan sobiq bojxonaçilar sudda oqlanganlaridan söng öz lavozimlariga qayta olmayotgani haqida söz yuritilgandi.