Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan Oliy Majlisga murojaat qildi.

U «Reklama töğrisida»gi qonundan bolalar uçun möljallangan körsatuvlarda reklama beriş bilan boğliq taqiqni (17-modda) çiqarib taşlaş, qonunning yangi loyihasidagi 42-moddani ham qayta körib çiqişni söramoqda.

Allamjonovning fikriça, bu moddalardagi taqiqlar tufayli bolalar uçun kontent tayyorlaş faoliyati rivojlanmayapti.

«Çunki studiya va telekanallarga bu yönaliş daromad keltirmaydi. Natijada, bizda mulseriallar, tarbiyaviy yoki bilim beruvçi bolalar körsatuvlari deyarli yaratilmaydi. Borlari ham davlat tomonidan ajratilayotgan arzimagan mablağ evaziga paydo bölmoqda.

Oddiy söz bilan aytganda, media-biznes uçun bolalar yönalişi özini oqlamaydigan yönaliş hisoblanadi», – deya tuşuntiradi u.

Mass-media fondi rahbari «bu taqiqlar töğri, reklama bolalarga salbiy ta'sir ötkazadi», degan fikrga qöşilmasligini bildirgan.

«Mening fikrimça, erkin bozor işiga turli bölar-bölmas, ensa qotirar vajlar bilan aralaşuvlarni bas qiliş kerak. Bozorning özi hammasini öz iziga solib qöyadi, işoning.

Yetar, bolalarimizni faqat "Karusel", "Disney" kanallari yoki bölmasa, "Maşa i medved", "Fiksiki" kabi çet el mahsulotlari bilan katta qilayotganimiz. Mahalliy mahsulotlarimiz, öz ertak qahramonlarimizni yaratiş zarur. Şu paytgaça bir tuzuk bolalar kitobi, ertaklar, bolalarbop loyihalar deyarli yöq. Hammasi ana şunday mantiqsiz turli taqiqlar tufayli rivojlanmaydi.

Bola reklama körmasin degan bilan, barça xorijiy kanallar yoki YouTube'dagi barça bolalarbop körsatuvlarda reklama bor. Reklama bu har qanday sifatli media mahsulotlarning lokomotivi hisoblanadi. Şuni unutmanglar, hurmatli deputatlar!» – deya xitob qilgan Komil Allamjonov.

U posti yakunida quyidagiça posskriptum ilova qilgan:

«Yana bir gap. Deputatlarimiz xalq manfaatiga xizmatçi ekanliklarini unutmasinlar. Biz uşbu maqsadda ovoz berganmiz ularga, populistik çiqişlar yoki blogerlar bilan olişiş uçun emas. Xalq sizga işonib sayladimi, işonçni oqlang. Mabodo, hal qiliş uçun arzigulik biron masala topilmay qolsa, ikki yil oldingi saylov dasturingizni bir monitoring qilib çiqing. Aniq işonamanki, hamma va'dalaringizni ham bajarib qöymadingiz. Elektoratingiz va matbuotni qadriga yeting, agar qadri bölsa, albatta».