Majburiy ijro byurosi Qamaşi tuman bölimi xodimlari iş faoliyatini bajarayotganida qarzdor fuqarolar keskin qarşilik körsatgan. Bu haqida Kun.uz'ga byuro axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bölişiça, Qamaşi tuman ma'muriy sudining 21.10.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor A.A.(ism-familiyasi özgartirilgan) davlat foydasiga 669 ming söm ma'muriy jarima undiriş belgilangan. Qarzdor uşbu ma'muriy jarimani oradan 2,5 yil vaqt ötgan bölsa-da, tölamasdan kelgan. Şu sababli, davlat ijroçilari joriy yilning 24 may kuni Tegirmonqul qişloğida joylaşgan qarzdorning yaşaş manziliga borib, qarzdorlik evaziga bir dona «Roison» rusumli televizorni xatlab olib ketişgan.

Söngra uşbu qişloq hududida boşqa ijro harakatlarini amalga oşirayotgan vaqtda, ularning ortidan qarzdorning ukasi, onasi va yangasi borişib, ularni haqorat qilib, xatlab olingan televizorni qaytarib berişini aytib, janjal kötarişgan.

Şuningdek, byuro xodimlari qaytib kelayotganda qarzdor va otasi yölning qatnov qismida yoğoç narvon bilan yölni tösib ularning boşqaruvida bölgan «Neksiya-3» avtomaşinasini töxtatib olib, davlat ijroçilariga yengil tan jarohati yetkazişgan.

Axborot xizmatining yozişiça, qarzdorning ukasi özi bilan birga olib kelgan temir (lom) jismni körsatib, uşbu jism bilan ularga tan jarohati yetkazişini aytib, xatlab olingan televizorni qaytarib olişgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamaşi tuman prokuraturasi tomonidan 26.05.2021 yilda qarzdor A.A. va boşqalarga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda A.A. JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Avvalroq, MIB Şahrisabz tuman byurosi soliq qarzdorligini mulk xatlovi va auksiondagi sotuv bilan qoplagandi.

Dehqonobodda aliment tölovini avvalroq tölamagan fuqaro qamalgandi.

Kosonlik ota farzandlari uçun 62,5 million sömga yaqin mablağni tölab bergandi.