Hukumat qarori bilan “Xalqlar döstligi” kökrak nişoni ta'sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga köra, kökrak nişoni bilan respublikada yaşayotgan barça millat va elat vakillari örtasida millatlararo döstlik va totuvlik muhiti mustahkamlanişiga munosib hissa qöşgan, milliy madaniy markazlar va döstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oşiriş borasida fidokorona mehnat qilgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda çet eldagi vatandoşlar taqdirlanadi. 

Kökrak nişoni bilan taqdirlaş uçun hujjatlar tegişli tartibda körib çiqiladi.

Şunga köra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasining kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid taqdimnomalarni körib çiqiş böyiça komissiyasi taşkil etiladi.

Komissiya tomonidan har yili 1 iyulga qadar eng munosib nomzodlar böyiça yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Şuningdek, qömita raisi öz taşabbusiga asosan xorijlik hamkorlari, çet eldagi turdoş taşkilotlar, xorijiy mamlakatlarning Özbekistondagi elçixonalari va xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo döstlik va totuvlik muhitini mustahkamlaşga qöşgan munosib hissasi uçun kökrak nişoni bilan taqdirlaşi mumkin. 

Kökrak nişoni har yili 30 iyul – Xalqlar döstligi kuni arafasida tantanali vaziyatda topşiriladi. 

Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravari (980 ming söm) miqdorida biryöla tölanadigan pul mukofoti beriladi. Bir şaxs kökrak nişoni bilan bir marta mukofotlanadi.