Taxtiqoraça dovonining Samarqand viloyati Urgut tumanida joylaşgan qismida «Gazel» yuk maşinasi jarlikka tuşib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 2 iyun kuni soat 10:00larda M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Urgut tumani Omonqöton mahallasi hududidan ötuvçi 1031-kilometrida harakatlanib kelayotgan «Gazel» yuk maşinasining radiator suvi qaynab, tik balandlikda töxtagan.

Haydovçi maşinani qöl tormoziga qöyib, suvga tuşgan vaqtda, u harakatlanib, jarlikka tuşib ketgan.

Qayd etilişiça, hodisa natijasida heç kim jarohat olmagan. Faqat maşina jiddiy şikastlangan. Holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.