Hukumat qarori bilan Oliy ta'lim muassasalari talabalariga akademik ta'til beriş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi xabariga köra, OTM talabalariga akademik ta'til quyidagi hollarda berilişi mumkin:

  • harbiy xizmatni ötaş uçun;
  • salomatligini tiklaş uçun;
  • homiladorlik va tuğiş uçun;
  • bolalarni parvariş qiliş uçun;
  • oilasining betob a'zosini (otasi, onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar, turmuş örtoği, farzandi) parvariş qiliş uçun.

Talabaning akademik ta'til oliş haqidagi murojaati bir haftalik muddatda körib çiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyruği bilan rasmiylaştiriladi.

Akademik ta'til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) köra OTM rektori (direktori)ning buyruğiga muvofiq, uning öqişi akademik ta'til muddatiga ta'limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta'lim şakliga ötkazilişi mumkin.

Talabaga akademik ta'til berilişi uni oliy ta'lim muassasasidan çetlaştiriş deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta'til davrida stipendiyalar tölanmaydi.

Akademik ta'tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari özlaştirilgan fanlarni qayta özlaştiriş majburiyati yuklatilmaydi.