AQŞ prezidenti Jo Bayden qullar ozod qilinişi kuni federal bayram deb tan olinişi haqidagi farmonni imzoladi. Uşbu kun AQŞda 19 iyunda nişonlanib kelingan. Yangi bayram National Independence Day - Milliy mustaqillik kuni, deb nom oldi va dam oliş kuni, deb e'lon qilindi.
Bayden Oq uyda farmonni imzolaş vaqtida “buyuk davlatlar öz tarixidagi oğriqli damlarni inkor qilmay, ularni qabul qilişini” ta'kidlab ötgan.
AQŞda qullarning ozod qilinişi haqidagi hujjatni AQŞning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1863 yilda qabul qilgan. Biroq janubiy ştatlarning qarşiligi sababli hujjat Fuqarolik uruşi yakunlanmagunça kuçga kirmagan. 1865 yil 19 iyunda janubiy ştatlar konfederatsiyasiga kiruvçi ştatlardan oxirgi bölib Texasda qullik tugatilgani e'lon qilingan. Şu yilning dekabrida AQŞ konstitutsiyasiga butun mamlakat böylab qullikni bekor qilgan 13-tuzatma kiritilgan.

















