Janubiy Koreyada soliq tölaşdan qoçgan öziga töq fuqarolarning kriptovaluta aktivlarini musodara qiliş boşlandi, deb yozadi Financial Times.
Kengido provinsiyasi hokimiyatining xabar berişiça, 12 ming kişidan 47 million dollarlik kriptovaluta va boşqa şunga öxşaş aktivlar musodara qilingan.
Uşbu jarayon 140 ming kişiga taalluqli keng miqyosdagi soliq suriştiruvlaridan söng boşlangan.
Mamlakat moliyaviy xizmatlar komissiyasi kriptobirjalarga sentyabrga qadar banklar bilan hamkorlik qiliş va mijozlarning haqiqiy ismlari bilan hisobraqamlar oçiş majburiyatini qöygan.
Janubiy Koreyadan taşqari, Xitoy ham uşbu soha ustidan nazoratni kuçaytirdi. Mamlakatda kriptovaluta savdosiga çeklovlar kiritildi hamda ayrim regionlardagi mayning loyihalari yopildi.
Pekinning uşbu siyosatidan söng bitkoyn narxi 30 ming dollardan pastroqqa tuşib ketdi.

















