Senatorlar kun tartibidagi birinçi masala Senatning davlat organlarida oçiqlik va oşkoralikni ta'minlaş sohasidagi faoliyatini takomillaştiriş töğrisidagi masalani körib çiqdi.
“Majlisda senatorlar tomonidan mamlakatimizdagi özgariş va yangilaniş jarayonlari, olib borilayotgan keng kölamli islohotlar mazmun-mohiyatini xalqimizga töğri va töliq tuşuntiriş, milliy axborot makonini xolis va asosli ma'lumotlar bilan töyintiriş zarurati axborot siyosati hamda oçiqlikni ta'minlaş borasidagi sa'y-harakatlar, tizimli nazorat, jumladan, parlament nazorati muhim ahamiyat kasb etişi ta'kidlandi”, deyiladi Senat xabarida.
Majlisda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta'minlaş masalalari qömitasini taşkil etiş töğrisidagi masala körib çiqildi. Mazkur qömitaning vazifalariga e'tibor qaratildi.
Qömita davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş sohasini muvofiqlaştirib boradi va bu borada doimiy nazoratni amalga oşiradi.
Majlisda senator Farhod Boqiyev mazkur qömita raisining örinbosari etib saylandi. Masala yuzasidan Senatning tegişli qarori qabul qilindi.

















