“Öztemiryölyölovçi” AJ axborot xizmatining xabar berişiça, ayni vaqtda respublikada havo haroratining kötarilişi tufayli poyezdlar qatnovi jadvali özgarişi mumkin.
Özbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan olingan xabarga köra, 2021 yil 28 iyundan boşlab mamlakat hududiga Volgaböyi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi. Hafta davomida Özbekiston böyiça havo harorati keçalari 22-25 daraja issiq, kunduz kunlari 38-41 daraja issiq böladi, şimolda, janubda va çöl hududlarida ba'zi joylarda 43 daraja issiqqaça kötariladi.
“Bunday issiq havo paytida pölat izlardagi harorat yanada yuqori böladi. Şu bois, harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 2021 yil 7 iyul sanasiga qadar çöl hududlarida poyezdlar harakat jadvalida özgarişlar kuzatilişi mumkin”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, hali jadvalda özgariş bölmagan.
“Yölovçilar xavfsizligini ta'minlaş maqsadida, havo harorati kötarilişi bilan boğliq köngilsiz hodisalarning oldini oliş uçun barça xavfsizlik çoralari körilmoqda”, deyiladi axborotda.

















