Kun.uz bilan suhbatda bölgan advokat Razzoq Altiyev advokat faoliyatiga huquqni muhofaza qiluvçi organlar va sudyalarning ta'siri, xususan, tergov organlari binolariga mobil qurilmalar bilan kirişga qöyilgan taqiq xususida quyidagiça fikr bildirdi:

“Advokat himoya işini yuritiş jarayonida alohida statusga ega hisoblanadi. Jinoyat-protsessual qonunçiligida isbotlaş sub'yektlari keltiriladi. Şaxsning aybdor yoki aybdor emasligini isbotlaşi şart bölgan sub'yektlar - bu suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sudni ham qöşib qöyişadi”.

Uning sözlariga köra, barça rivojlangan davlatlarda sud isbotlaş predmetini amalga oşirmaydi, u xolislikni ta'minlaydi xolos.

“Bizdagi muammo nimada? Ma'lumki, jinoyat işini şakllantiriş köproq dastlabki tergov jarayonida amalga oşiriladi va bu jarayonda advokat faol himoya pozitsiyasini körsatadi. Tergov organlarida böladigan ayrim munosabatlar örtada ma'lum bir ziddiyatlarni keltirib çiqaradi. Şaxsning huquqlari çeklanişi, buzilişi, advokatning protsessual vakolatlarini töliq röyobga çiqarişga qaratilgan tösqinliklar, menimça, köproq tergov jarayonlarida közga taşlanadi. Şu jumladan, advokatlarga ham içkarida telefondan foydalanişga ruxsat berilmaydi”, dedi u.

Advokatning ta'kidlaşiça, qonunda bunday çeklov mavjud emas.

“Bu xuddi bino sizniki va unda içki tartib qoidalarini örnatasiz-u, xodim bölmagan şaxslarga u yoki bu predmetni olib yurişni taqiqlab qöyişdek gap. Advokatga ham töğridan töğri şu narsa tatbiq qilinadi, holbuki advokatga qonun böyiça daxlsizlik huquqi berilgan.

Ilgari sud binosiga ham elektron qurilmalar bilan kirolmasdik, keyinçalik bu jarayon tartibga solindi va bugungi kunda bu borada muammo bölmayapti. Şu bilan birga telefon olib kirilişi natijasida sudyalar bilan biror nizo yuzaga ham kelmayapti. Lekin tergov organlarida şunday talab qöyilgan.

Telefon yoki şu kabi elektron qurilma olib kirib ovoz yozib oliş holatlari bölişi mumkin, lekin ular noqonuniy harakat qilmasa, nimadan qörqadi yoki nutqining yozib olingani nimasi bilan salbiy ta'sir qilişi mumkin? Öziga işonsa, qonunga rioya qilsa, vakolati doirasidan çiqmasa, ovoz yozib olindi nimayu yozib olinmadi nima – farqi yöq”, dedi Razzoq Altiyev.