Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev bu qonun qabul qilinayotganda qarşi ovoz berganini aytadi. Uning fikriça, fuqarolarning şaxsga doir ma’lumotlarini muhofaza qiliş bahonasi bilan internetdagi ommabop tarmoqlarni çeklaşga urinişdek körinayotgan bu iş köproq salbiy oqibatga olib keladi.
“Masalan, foydalanuvçilar ommaviy ravişda çeklovlarni çetlab ötuvçi VPN kabi dasturlardan foydalanişni boşlaydi, nazorat butkul yöqoladi. Kamiga fuqarolarni qonunbuzarga aylanişga majbur qilamiz.
Tankka qarşi ketmon bilan jang qilişdek “axborot asri”dagi juda kulgili va absurd qaror.
Fuqarolarning mulk huquqi buzilsa jimlik, uyidan haydalsa jimlik, yeri majburan olib qöyilsa jimlik, fermer sarson yursa jimlik... Lekin uning şaxsga doir ma’lumotlarini muhofaza qilişga kelganda keskin çoralar... Ğalatimasmi?” – deya savol qöygan deputat.
Iqtisodçi Otabek Bakirov esa bu holatni senzuraga moyillik deb atadi.
“Ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlar bazasini Özbekistonda ikki dunyoda ham köçirmasligini bila turib ham, şu qonunning qabul qilinişi aslida senzuraga xohiş va moyillik haddan ziyod ekanini körsatadi.
Paydo bölgan fursatdan foydalaniş orqali senzura oyboltasining işga tuşirilişi aslida bu”, – deydi u.
Adliya vazirining davlat tili böyiça maslahatçisi, bloger Şahnoza Soatova esa hatto maktab bolalari ham çeklovlarni aylanib ötiş uçun VPN'lardan foydalana boşlaganini yozgan.

Boşqa bir Twitter foydalanuvçisi mas’ullar internet tezligini oşiriş ustida emas, uni bloklaş ustida izlanişini taxmin qilgan.





















