Yoz boşidan beri Özbekiston aholisi jazirama kunlarni boşdan keçirmoqda.
Keskin kontinental mintaqa hisoblangan Özbekiston uçun yozda haroratning iqlimiy me'yordan 6 darajadan yuqorilaşi iqtisodiy-ijtimoy sohalarda ma'lum muammolarni keltirib çiqaradi.
Bu holat hukumatni ma'lum çoralar körişga undadi. Issiq kunlarda uyda böliş maqsadga muvofiqligi aholiga tavsiya qilindi. Xonadonlarda sovitiş moslamalaridan foydalanişda muammolar yuzaga kelmasligi uçun energetika tarmoqlari, jumladan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti tizimlarining barqaror işlaşini ta'minlaş vazifasi yuklatildi. Ammo respublikaning deyarli barça viloyatlarida, jumladan Toşkent şahrida ham tinimsiz ravişda “svet” öçayotgani haqida aholidan murojaatlar bölyapti.
Kuzatuvlarga köra, yurtimizda harorat kötarila boşlagan 1 iyul kuni respublikamizdagi elektr energiya işlab çiqaruvçi barça stansiyalarda 172,7 mln kv/soat elektr energiya işlab çiqarilgan ekan. Ammo hukumat komissiyasi tomonidan issiq kunlarda aholining elektrsiz qolişining oldini oliş vazifasi qöyilgan 4 iyul kuni esa elektr energiyasi işlab çiqarilişi kamaygan. Şu kuni yurtimizda bir sutkada 171,9 mln kv/soat elektr energiya işlab çiqarilgan.
Bugun, 7 iyul kuni esa Toşkent metrosining qator bekatlarida elektr energiyasi uzilib qoldi. Poytaxtning bir neçta mavzelarida “svet” öçgan, köçalarda svetoforlar işlamayotgan holatlar köpaymoqda. Energiya muammolari hatto Toşkent uçun ham odatiy holga aylanayotgani afsuslanarli.
Metropoliten ma'muriyatiga köra, soat 12:55 – 13:05 oraliğida Toşkent şahar elektr ta'minoti tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli metropolitenning “Çilonzor”, “Yunusobod” va “Özbekiston” yönalişlaridagi bekatlarida yorituvçi uskunalar işlamagan, eskalatorlar töxtagan.
“Poyezdlar harakati töxtamagan, çunki poyezdlarning harakatini ta'minlovçi elektr ta'minoti alohida. Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz”, – deyiladi bayonotda.

















