DXX vakili advokatlar amaliyotda jinoyatçining daxlsizlik huquqiga ega jinoiy şerigiga aylanib qolayotgani haqida fikr bildirgandi. Advokat Razzoq Altiyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu fikrga munosabat bildirdi.
Razzoq Altiyev davlat mansabdorlaridan bunday fikrlarni eşitiş advokatlarga juda oğir ta'sir qilişini ta'kidladi.
“Biz özimizni xuddi yurisprudensiyaning ögay farzandiday his qilamiz. Öşa nutqni eşitganimizda ham ranjidik”, – deydi u.
Advokatning aytişiça, aybdor şaxsga nisbatan ayblov pozitsiyasi yuritilayotganida ham uning himoyalaniş huquqi qonun bilan kafolatlangan.
“Birinçidan, himoya huquqi – bu konstitutsiyaviy huquq hisoblanadi. Ikkinçidan, şaxs özining himoyasi uçun zarur bölgan va heç kimga aytmagan holatni oydin qilib advokatga aytadi va bu advokatlik siri hisoblanadi. Advokatlik siri qonun bilan himoyalanadi. Har bir fuqaroda öz siriga ega böliş huquqi bor. Qaçonki unga nisbatan ayblov e'lon qilinganda, uning şaxsiy sirlarini advokat saqlaydi. Agar biz himoya ilinjida bizga murojaat qilgan şaxsning sirlarini va uning aybliligiga daxldor ma'lumotlarni ommaga yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarga oşkor qilsak, bizga kim işonadi?

Biz tabiiy huquqlarga egamiz. Inson mukammal yaratilmagan va xato qiliş tabiatiga ega. Hammamiz xato qilamiz. Qaysidir hollarda bizning xatomiz ijtimoiy xavfli bölib qolişi mumkin. Ayrim hollarda öşa qilmiş jinoyat ekanini bilmasligimiz mumkin.
Yoki (himoyam ostidagi şaxs) qandaydir maslahat soladi – tergovga noma'lum, lekin jinoyat alomatlariga ega qaysidir qilmişini özi aytişi mumkin. Lekin bunday holatlarni aytişga bizning haqqimiz yöq. Advokatura institutining mohiyati şunda.
Har bir şaxsning himoyalaniş huquqi Konstitutsiyada kafolatlangan.
Şunday holatlar böladiki, hatto şaxsning yaqin qarindoşlari uning uyiga kelmaydi, xabar olmaydi. Jarayondan qörqadi: “Hozir borsam, meniyam javobgar qilib qöyişadi”, deydi. Öşa jarayonda kim uning yonida turadi? Advokat turadi”, – deydi Razzoq Altiyev.
















