Samarqand şahridagi «Obi rahmat» jome masjidining yangi binosi qurilmoqda. Bu haqda Özbekiston musulmonlar idorasining viloyat vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahridagi bir qança masjidlar qatori «Obi rahmat» jome masjidining yangi binosi qurilmoqda. Yangi bino barça şaroitlarga ega, zamonaviy va milliy arxitektura uslubining uyğunlaşgan andozasi asosida qurilmoqda.


Qayd etilişiça, joriy yil 15 may kuni masjid eski binolarini buziş işlari boşlangan. Hozirga kelib masjid yangi binosining yertöla qismi töliq bitkazilgan bölib, unga eşik romlar örnatilgan, devorlarga işlov berilmoqda.

Ta'kidlanişiça, masjidning yangi binosi ikki mingdan ziyod namozxonlarni bağriga siğdira oladi. Masjid xonaqohi tepasiga diametri 8 metrlik gumbaz örnatiladi. Masjid haşar yöli bilan qurilmoqda va uni yil oxirigaça bitkaziş reja qilinmoqda.


Masjid imom-xatibi Akmal Mamatqulovning sözlariga köra, hozirda masjid qavmi namozlarni jamoat bilan oçiq maydonda ado etmoqda. Namozxona sifatida qöşimça bino ham hozirlab qöyilgan.

Samarqandda yana ikkita masjid yangi binoga ega böldi, yana biri mukammal ta'mirlandi
















