Keça, 15 iyul kuni Örmon xöjaligi davlat qömitasi matbuot anjumani ötkazdi. Anjumanda Kun.uz muxbiri Zarafşon daryosida suv kamayişi oqibatida milliy tabiat boği ösimliklari jiddiy zarar körayotgani, bunga daryo atrofida qurilgan karerlar faoliyati ham sababligi haqida savol berdi.

Karer – foydali qazilma va qum-şağalni oçiq usulda qazib oladigan korxona.

Qömita yetakçi mutaxassisi Sobir Berdiyevga köra, Zarafşon milliy boği avval davlat qöriqxonasi hisoblangan, ammo aholi xonadonlari öşa hududga juda yaqin joylaşgani sabab va odamlar qöriqxonaga zarar yetkazavergaç, milliy tabiat boğiga aylantirilgan.

“Rostan ham hududda qurilgan karerlar faoliyati natijasida Zarafşon daryosi suvi sathi kamayib boryapti. Buning oqibatida milliy tabiat boğidagi ösimliklar qurib boryapti.

Biz ötgan yili şu hududdagi karerlar faoliyatini töxtatiş böyiça karerlarning öziga va Ekologiya qömitasiga bir neça marta xat çiqarganmiz. Lekin qömitadan bu böyiça bizga hozirça javob kelmagan.

Agar öşa hududlardagi karerlar faoliyati töxtatilsa, bu hududning hayvonot va ösimlik dunyosiga katta foyda bölardi. Ammo biz karerlar qonun bilan işlayotgani uçun ularga çora körolmaymiz”, – dedi u.

Qömita boşqarma boşliği örinbosari Oybek Eşimov esa daryo muhofazasi viloyat hokimligi zimmasida ekani, uning qirğoqlari atrofidagi qaziş işlariga ruxsat Ekoqömita tomonidan berilişi haqida gapirdi.

“Zarafşon daryosi bizning milliy tabiat boği yonidan ötgan. U bizga emas, viloyat hokimligiga qaraydi. Biz daryoda qaziş işlari olib borilişi böyiça heç kimga ruxsat bermaymiz. Bunga Ekologiya qömitasi ruxsat bergan”, – dedi Oybek Eşimov.

Kun.uz muxbiri ayni masalada Davlat ekologiya qömitasi vakillari bilan ham boğlandi. Qömita vakili Sevara Davlatova Örmon xöjaligi qömitasining ayblovlarini rad etib, Örmonqöm yuborgan xatga Ekoqöm ötgan yili tegişliça javob xati yuborganini ma'lum qildi.

“Biz yuborgan javob xatida Zarafşon milliy tabiat boği bilan daryo özani orasidagi masofalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga, yer maydonlari şartnoma asosida ajratilayotgani ma'lum qilingan hamda savollar bilan aynan “Xavfsiz daryo” DUKga murojaat qiliş mumkinligi aytilgan”, – dedi Davlatova.