«Toşkent şahar hokimligi Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.

Abdumajid Mullajonov uzoq yillar davomida davlat idoralarida samarali mehnat qilib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qöşgan taşabbuskor rahbar, samimiy inson edi. Abdumajid Mullajonovning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy qoladi», deyiladi Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Abdumajid Fayzullayeviç Mullajonov 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan. 1996 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Köp yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

U 2019 yildan Toşkent şahar Olmazor tumani böyiça Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan, 2021 yilning yanvaridan tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan edi.

Ma'lumot uçun, Abdumajid Mullajonov Özbekiston Markaziy banki sobiq raisi, marhum Fayzulla Mullajonovning öğli edi.

Abdumajid Mullajonov ölimi sababi rasman ma'lum qilinmagan, Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, uning ölimiga ötkir yurak miokard infarkti sabab bölgan.

Bungaça Qonunçilik palatasi deputati Abdurahim Qurbonov, yozuvçi Dadaxon Nuriy, «Qoraköl maktabi» asosçisi Töxtamurod Jumayev, Energetika sohasining faxriy xodimi, «Çirçiq transformator zavodi» AJ boş direktori Ruslan Mubarakşin hamda AOKAda bölim boşliği bölgan Javohir Qudratov koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.