Malining muvaqqat prezidenti Assimi Goitaga suiqasd qilişni rejalaştirgan ikki kişi hibsga olindi, deya öz manbasiga tayanib xabar bermoqda RIA Novosti.
Manba suiqasdda davlat rahbarining özi jarohat olmaganini ma'lum qilgan.
AFP agentligining qayd etişiça, Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakat poytaxti Bamakoda jome masjidda öqilgan namozdan keyin ikki noma'lum şaxs prezidentga piçoq bilan taşlangan. Goitaga orqadan piçoq urmoqçi bölgan şaxs prezidentning örniga boşqa odamni jarohatlagan. Suiqasdning ikkinçi iştirokçisi esa zararsizlantirilgan. Muvaqqat prezident darhol voqea joyidan evakuatsiya qilingan.
Malidagi harbiy kuçlar 24 may kuni vaqtinçalik prezident Ba Ndao, boş vazir Muxtor Uan va yangi mudofaa vaziri Sulaymon Dukurni hibsga olişgandi. Mali rahbariyatining hibsga olinişi prezident Ndao ötiş davri hukumati 14 may kuni iste'foga çiqqanidan keyin yangi hukumat tarkibi haqidagi farmonni imzolagandan bir neça soat ötib yuz bergan.
Hukumatning yangi tarkibiga avvalgi hukumatdan içki işlar vaziri Modibo Kone va mudofaa vaziri Sadio Kamara kiritilmagan, bunga heç qanday izoh berilmagan.
Vitse-prezident Assimi Goita bayonot berib, avgustda qabul qilingan ötiş davri xartiyasini buzişgani sababli prezident va boş vazirni vakolatlaridan mahrum qilganini e'lon qilgan. Goitaning qayd etişiça, prezident va boş vazir yangi hukumat tarkibiga vazirlar tayinlaşda tarkib borasida vitse-prezident bilan maslahatlaşmagan.
Harbiy töntaruvdan keyin davlat çegaralari yopilgan va komendantlik soati kiritilgandi. Polkovnik harbiy unvoniga ega vitse-prezident Goita boşçiligidagi harbiy kengaş mamlakat boşqaruvini öz zimmasiga olgan va 2022 yilda yangi saylovlar ötkazişga












