Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, dunyoning 110 davlatidan 623 nafar öquvçi qatnaşgan 62-Xalqaro matematika olimpiadasida Özbekiston terma jamoasi a'zolari 1 ta kumuş va 1 ta bronza medallarini kölga kiritdi.
Diyorbek Tolipov – Buxoro viloyati Ğijduvon tumani 5-ixtisoslaşgan matematika maktabi öquvçisi kumuş medal;
Olimjon Olimov – Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi öquvçisi bronza medal.
Ma'lumot uçun, özbekistonlik öquvçilar uşbu olimpiadada sönggi bor 2017 yilda kumuş medalni qölga kiritgan.
Dunyoning 76 davlatidan 304 nafar öquvçi iştirok etgan 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida esa Özbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin va 1 ta kumuş medallarini kölga kiritdi.
Norbekov Humoyun – Jizzax davlat pedagoga universiteti qoşidagi akademik litsey öquvçisi oltin medal;
Abduvaliyeva Aziza – Toşkent pediatriya tibbiyot instituti qoşidagi akademik litsey öquvçisi oltin medal;
Turdiboyev Yorqinbek – Navoiy viloyati Navoiy şahri 11-ixtisoslaşgan kimyo-biologiya maktabi öquvçisi kumuş medal.
Dunyoning 73 davlatidan 365 nafar öquvçi iştirok etgan 51-Xalqaro fizika olimpiadasida Özbekiston terma jamoasi a'zosi 1 ta bronza medalini kölga kiritdi.
Rail Xaşayev – Toşkent şahri 71-maktab öquvçisi bronza medal. Özbekiston tarixida fizika xalqaro olimpiadasidagi ikkinçi medal 71-maktab öquvçisining ilk medali.


Eslatib ötamiz, qonunçilikka köra, xalqaro olimpiadalarning medal sohiblari oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilinadi.
Ularga şuningdek, quyidagi miqdorda pul mukofotlari ham berilişi közda tutilgan:
- oltin medal sohibiga 122 mln. söm, öqituvçisiga 110 mln. söm;

















