Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yaşagan Hasan Xuşmatovni içki işlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, qiynab öldirgani haqida xabar tarqaldi. Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan axborot berdi.
Aniqlanişiça, şu yilning 10 iyulida Denov tumani Oqtom mahallasida yaşovçi fuqaro Yunus Xuşmatov tuman IIBga murojaat qilib, akasi Hasan Xuşmatov mast holda yaşaş uyida janjal qilib, tinçini buzayotganidan şikoyat qilgan.
Şunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamçisi H.Xuşmatovning xonadoniga kelişgan va uni avtomaşinaga ötkazib, tuman IIBga olib ketişgan.
Yölda profilaktika inspektorining yordamçilari H.Xuşmatovni bir neça bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xuşmatov 11 iyul kuni şifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 104- va 206-moddalari bilan jinoyat işi qözğatgan. Ikki nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllangan.
Tergovni Surxondaryo viloyat prokuraturasi olib boryapti.
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov voqeaning yana ayrim tafsilotlarini oçiqladi.
“Tuman IIB profilaktika inspektori S.Pardayev H.Xuşmatovning yaşaş xonadoniga yordamçilari X.Şeraliyev va T.Farmonovlar bilan borib, H.Xuşmatovni tuman IIBga öz boşqaruvida bölgan “LADA X-RAY” rusumli avtomaşinasida olib kelayotganda mast holat bölgan H.Xuşmatov faol qarşilik körsatgan. H.Xuşmatovni tinçlantiriş maqsadida profilaktika inspektori yordamçilari X.Şeraliyev va T.Farmonov öz vakolatlari doirasidan çiqib bir neça marta urib, tan jarohati yetkazgan.
Tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan H.Xuşmatov 2021 yilning 11 iyul kuni soat 10:00 larda Şörçi tuman tibbiyot birlaşmasida vafot etgan”, – deyiladi Senat axborotida.
Aniqlik kiritilişiça, X.Şeraliyev va T.Farmonov JIB Denov tuman sudining 12 iyuldagi ajrimi bilan qamoqqa olingan.
- Özbekistonda içki işlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga kuç işlatilişi oqibatida ölim holatlari röy berişi yaqin ötmişda ham bir neça marta kuzatilgan. 2020 yil yanvar oyida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yaşovçi A.Yu. mol öğirlaganlikda gumon qilinib tuman IIO FMBga olib boriladi va öşa yerda xodimlar tomonidan qiynab












