Qaşqadaryo viloyati içki işlar boşqarmasida şu masalaga bağişlangan anjumanda içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov OAV xodimlariga axborot berdi. Ma'lum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan tekşiriş işlari hali yakuniga yetmagan.
«IIB binosida odam ölişi yangilik emas, bu tabiiy holat, oldin ham bölgan. Ayrimlar öz joniga qasd qiladi, ayrimlarning tobi qoçib qoladi. Bu holat içki işlar vazirligi tomonidan nazoratga olinadi. Çiroqçidagi voqeadan söng ham ertasi kuniyoq IIV vakillari yetib kelgan. Tekşiriş boşlangan.
Oldindan tekşirmasdan turib baholaşga haqqimiz yöq. Odam aybdorligini faqat sud belgilaydi. Aytişimiz mumkin bölgan holat şuki, Çiroqçi tumanidagi bölimda juda ham köp kamçiliklar aniqlanmoqda. Fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmasligidan tortib turli boşqa holatlargaça.
Ammo jamoatçilik ham e'tibor qaratmagan. Sayyor qabullarda aytilmagan. Langar qişloğiga IIB boşqarmasi boşliği ham borgandi. Ammo muammo kötarilmagan, şu vaqtgaça yiğilib kelgan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV vakili tez orada voqea yuzasidan tekşiruvlar tugagaç, qöşimça ma'lumot berilişini bildirdi.
«Tez orada töliq ma'lumot beramiz. Aybdorlar haqda töliq ma'lumot beriladi. Hozirça esa oldindan yiğilib, qisqaça tuşuntiriş berişga majbur böldik. Balki bizning aybimizdir, birinçi kundanoq xabar bermaganimiz. Çunki bunday an'ana oldin yöq edi.
Aslida biz xodimimiz bölgan taqdirda ham bunday holatlarni berkitmaymiz. Bitta xodim butun bir vazirlik şa'nini yerga urişi mumkin. Har bir xodim va rahbarlar faoliyatiga ham huquqiy baho beriladi», deydi vazirning matbuot kotibi.
IIV vakiliga köra, xuddi şu voqea ortidan Qaşqadaryo viloyat IIB boşliğining birinçi örinbosari öz xohişi bilan vazifasidan böşagan.
Uning sözlariga köra, 2019 yil davomida IIV tizimida xizmat intizomini buzgan 7037 nafar xodimga çora körilgan. 2018 yilda bu raqam yanada köproq bölgan. 1223 nafar xodim esa ma'muriy javobgarlikkka tortilgan. Şuningdek 2019 yilda jinoiy javobgarlikka tortilgan içki işlar xodimlari soni 133 nafarni taşkil etadi.
Şuningdek, Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi vakili mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat işi qözğatilganini ma'lum qildi. Uşbu iş yuzasidan hozirga qadar Çiroqçi tuman IIBning ikki nafar xodimiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Sud tibbiy ekspertiza ham tayinlangan.

















