Markaziy bank boşqaruvi, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining qarori bilan Tölov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlarida, şuningdek nobank kredit taşkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalariga qöşimça va özgartiriş kiritildi.

Qabul qiluvçi tölov taşkilotlari oluvçisi va (yoki) jönatuvçisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bölmagan elektron pul ötkazmasini qaçon ijro qiliş va rad etiş yoki töxtatişni aniqlaş maqsadida tavakkalçilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega bölişlari lozim.

Endi pul ötkazilişida vositaçi (tranzit) sifatida iştirok etuvçi tölov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlari:

  • elektron tölovlarga ilova qilinadigan jönatuvçi va oluvçi haqidagi barça ma'lumotlarni, jönatuv töğrisidagi ma'lumotlar bilan birga yuborilişini va beş yildan kam bölmagan muddat davomida saqlanişini ta'minlaşlari;
  • oluvçisi va (yoki) jönatuvçisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bölmagan xalqaro pul ötkazmalarini aniqlaş böyiça asosli va imkoni mavjud bölgan çoralarni körişlari;
  • tavakkalçiliklarni baholaşga asoslangan holda oluvçisi va (yoki) jönatuvçisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bölmagan xalqaro pul ötkazmalari aniqlanganda amalga oşiriladigan çoralarni belgilovçi dasturni işlab çiqişlari;
  • oluvçisi va (yoki) jönatuvçisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bölmagan xalqaro pul ötkazmalari aniqlanganda, bunday ötkazmalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar beriş masalasini körib çiqişlari lozim.

Şuningdek mijozlarni lozim darajada tekşiriş natijalari böyiça sönggi javobgarlik nobank kredit taşkilotlari hamda tölov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlarining zimmasida qoladi.