Urgut tumanida köp miqdorda geroin olib ketayotgan şaxs uşlandi. Ma'lum bölişiça u avaldan giyohvandlik moddasi savdosi bilan şuğullangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Urgut şahrida yaşovçi 1970 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun sudlangan şaxs yana geroin oldi-sotdisida qölga tuşgan.
U Urgut tumanida yaşovçi 1983 yilda tuğilgan fuqarodan 787 gramm geroin giyohvand moddasini 12 ming AQŞ dollariga sotib olgan. Söng ular ikkalasi geroinni sotgan fuqaroning maşinasida tuman markazi tomon harakatlanayotgan vaqtda DXX Samarqand viloyat boşqarmasi, viloyat IIB va bojxona boşqarmalari xodimlari tomonidan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Urgutda qariyb 1 kilogramm opiyni 18 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxslarga hukm öqildi
Urgutda «Qoradori-2020» tadbiri davomida qator şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

















