Mahalliy rasmiylarning BBC’ga ma'lum qilişiça, Qunduzning barça tumanlari «Tolibon» nazoratiga ötgan, faqat aeroport hududi hukumat harbiylari qölida qolmoqda. Xabarlarga köra, şaharda yonğin boşlangan, Qunduz markazida «Tolibon» bayroği örnatilgan.

Reuters agentligi tinç aholi orasida qurbonlar borligini xabar qilgan, jumladan ayollar va bolalar ham halok bölgan.

Kunduz mudofaasi uçun Afğoniston armiyasining maxsus bölinmalari taşlangandi / Reuters

Afğonistonning şimoliy viloyatlari va Markaziy Osiyoga darvoza vazifasini ötovçi uşbu 270 ming kişilik aholiga ega şahar uçun sönggi haftalarda janglar davom etayotgandi.

Qunduz Afğonistonning toliblar qöliga ötgan uçinçi viloyat markazi böldi, bu hozirça «Tolibon»ning eng katta ğalabasidir.

Quyidagi Afğoniston xaritasida 6 avgust kungi holat aks etgan, ammo mamlakatdagi vaziyat kun sayin özgarib bormoqda.

Amerikalik harbiylar Afğonistondan olib çiqilişi fonida toliblar keng kölamli harbiy kampaniya boşlagandi. Ammo avgust oyi boşiga qadar hukumat kuçlari viloyatlar markazlarini öz qölida saqlab turgan, amerikalik harbiylar aviatsiya orqali ularni qöllab turgandi.

Sönggi haftalar davomida toliblar Afğonistonning köplab tumanlarini egallab olgandi, endi esa harakat a'zolari yirik şaharlar va viloyatlarning ma'muriy markazlarini qölga oliş uçun harakat boşladi - sönggi uç kunda esa uç viloyat markazi qölga kiritildi.

Juma kuni mamlakat janubi-ğarbidagi Nimröz viloyati markazi Zaranj deyarli jangsiz ularning qöliga ötgandi. 

Xabarlarga köra, ayni vaqtda Hirot, Laşkargoh va Qandahor kabi şaharlar uçun ham şiddatli janglar keçmoqda.