Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanidagi bolalar boğçasida sodir bölgan voqea hozir köpçilikning diqqat markazida bölib turibdi. Jami 30 nafar bola ovqatdan zaharlangan va ulardan biri öta oğir, yana biri esa oğir ahvolda.

Har safargiday, bu voqeada ham dastlabki xabarlar vahimalarga qorişib keldi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali 150dan ortiq bola ovqatdan zaharlangani, 1 bola vafot etgani haqida ma'lumotlar tarqaldi. Ammo keyinçalik Maktabgaça ta'lim vazirligining axborotidan ma'lum böldiki, Oqqörğonda voqea sodir bölgan 5-boğçaning özi 136 örinli va unda 25 nafar bola ovqatdan zaharlangan.

Bolalar turli şifoxonalarga joylaştirilgan. Bir bolaning ahvoli şundan buyon öta oğirligiça qolmoqda.

Bu boğçaning bir nafar tarbiyalanuvçisi çindan ham vafot etgan. Ammo ölimga ovqatdan zaharlaniş emas, öpka kasalligi sabab bölgani keltirilgan.

Keyinçalik 13 avgust holatiga köra yana 5 nafar bolada ovqatdan zaharlaniş belgilari paydo bölib, jami 30 nafar tarbiyalanuvçida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilgani ma'lum qilindi.

Dastlabki kundanoq klinik belgilarga köra bu holatga sabab sifatida botulizm taşxisi gumon qilingan.

Prokuratura Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Botulizm qanday kasallik?

Yuqumli kasalliklar şifokori, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Nargiza Yarmuhammedovaning sözlariga köra, yuqumli kasalliklar orasida botulizm eng xavflilaridan biri hisoblanadi va u tufayli ölim holatlari ham kuzatilişi mumkin. Kasallik bolalar va keksalarda oğir keçadi.

“Botulizm tayoqçalari tabiatda keng tarqalgan. Tuproqda, suvda, jonivorlar organizmida uçraydi hamda qobiqqa öralgan holda uzoq yillar davomida saqlanişi mumkin. Botulizm tayoqçalari havosiz (anaerob) muhitda köpayadigan va özidan ilon zahridan yuzlab marta kuçli zahar işlab çiqaradigan mikroblar bölib, sabzavotlar konservalanganda ular uçun qulay muhit paydo böladi. Kundalik turmuşda bu kasallikning eng köp tarqalişi ham aynan konservalangan bankalar orqali yuzaga keladi.