Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida joylaşgan quriliş mahsulotlari bozorida janjal sodir bölgani va odamlar janjallaşib, bir-biriga tan jarohati yetkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati IIB mazkur hodisa haqida ma'lumot berdi. Unga köra, janjallaşganlardan biri Yakkaboğ tumani hokimining sobiq örinbosari Mansur Tuymayev bölgan.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 9 avgust kuni soat 16:30 larda Yakkaboğ tumani IIB navbatçilik qismiga tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan fuqarolar N.K. va T.M. turli körinişdagi tan jarohatlari bilan murojaat etgani ma'lum qilingan.
Uşbu holat tuman IIB navbatçilik qismida belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilib, suriştiruv olib borilgan. Tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, 2021 yil 9 avgust kuni soat 15:00 larda Yakkaboğ tumanidagi quriliş mollari bozorida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi N.K. bilan fuqaro T.M. özaro kelişmovçilik oqibatida janjallaşib qolgan. Janjal davomida har ikki fuqaro bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan tayyorlangan videoni e'lon qildi. Unda aytilişiça, tadbirkor bilan janjallaşgan şaxs Yakkaboğ tumani hokimining sobiq örinbosari Mansur Tuymayev bölgan. Tuymayev bilan tadbirkor örtasidagi mojaro bozor hududida bölgan eski tarozining boşqa bir şaxs tomonidan buzib olinişi ortidan kelib çiqqan.
Viloyat IIB axborot xizmati özining rasmiy munosabatida ikki kişi janjallaşgan deb ma'lumot berayotgan bölsa-da, tadbirkor özini bir neça kişi urganini ma'lum qilgan.
Tadbirkorning aytişiça, avval Mansur Tuymayev unga qöl kötargan. Tadbirkor ham özini himoya qiliş uçun armatura bilan uni urgan. Şundan söng, Tuymayev qarindoşlarini çaqirgan va tadbirkor huşini yöqotgunça uni kaltaklaşgan. Qayd etilişiça, mazkur holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari Yakkaboğ tumani IIB tomonidan olib borilmoqda va tekşiruv yakuni haqida qöşimça ma'lumot taqdim etilişi aytilgan.
Ma'lumot uçun, bundan 2 yil avval Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida «snos» işlari olib borilgan. Öşanda tuman hokimining örinbosari Mansur Tuymayev ekskavator boşqaruviga ötirib tadbirkorning hali kompensatsiya tölanmagan dökonini buzmoqçi bölganida uning ustiga benzin sepib yoqib yubormoqçi
















