27 iyul kuni DXX raisi Abdusalom Azizov Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumani, «Eski Yakkaboğ» hududida bölib, holat yuzasidan viloyat mas'ullari bilan muloqot qildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Bozor Azizov ma'lum qildi.

Bozor Azizovning sözlariga köra, Abdusalom Azizov Bahriddin Isomovga tegişli savdo va maişiy xizmat körsatiş dökoni beton ğiştdan qurilgan bino ekanligini ta'kidlab, bu binoni buzişga uringan tuman mas'ullari işini qoralagan.

— DXX raisi tadbirkor dökoni buzilişi yuzasidan fikr bildirar ekan, «Odatda paxsa devordan bölgan yoki bugungi kun talabiga javob bermay qolgan bino buziladi-ku, nega tadbirkorning bu binosiga teginildi?» deb qattiq koyib gapirdi, — deydi Bozor Azizov. — Şuningdek, tadbirkorlarga xalal beriş emas, aksinça, yordam beriş zarurligini ta'kidladi.

Ma'lum qilinişiça, DXX rahbari bilan bölib ötgan muloqotda Eski Yakkaboğ hududi bir hafta mobaynida «Obod markaz»ga aylanişi lozimligi, buning uçun viloyatdan kerakli yordam berilişi aytilgan.

Tuman hokimligi vakillarining harakatlaridan aziyat çekkan Nizom Vohidov, Dilfuza Boqiyeva, Farruh Jabborov kabi uy-joyi buzilgan 7 nafar, hovli devorlari buzilgan 27 nafar, jami 34 kişiga 1,7 milliard söm kompensatsiya pullari tölab berilişi ta'kidlangan.

Bozor Azizovning qöşimça qilişiça, hozirça tumanga yangi rahbar tayinlanmagan.

Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Yakkaboğ tumani hokimi örinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli binoni ekskavator ruliga ötirib, özi buzmoqçi bölganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, öt qöyib yuborgan edi.

Ayni vaqtda tuman hokimi örinbosari şifoxonada, tadbirkor qölga olingan.

Bu hodisa sönggi kunlarda internetda muhokamalar markazida böldi. Saytimizda ham mazkur holat böyiça suriştiruv va tahliliy maqolalar