Markaziy bank xodimi Zafar Asadovga köra, yangi körinişdagi banknotlarni çiqarişga “Davlat belgisi” DUKda modernizatsiya işlari amalga oşirilgaç pullarda zamonaviy himoya elementlarini qöllaş sabab bölgan. Şuningdek, barça banknotlarda Buyuk ipak yöli va mamlakat tarixi mavzusini mujassamlaştiriş maqsad qilingan.
“Markaziy bank tomonidan 2021 yil 26 avgustdan yangi körinişdagi 5 000 va 10 000 sömlik banknotlar muomalaga çiqariladi. Jahon amaliyotida banknotlarni bosiş texnologiyalari doimo yangilanib bormoqda. Özbekistonning banknot va tangalari boşqa davlatlardan farqli ravişda özimizda, ya'ni Markaziy bank tasarrufidagi “Davlat belgisi” DUK tomonidan tayyorlanadi.


Bugungi kunda “Davlat belgisi” DUKda modernizatsiya işlari amalga oşirilgani uçun banknotalarimizda zamonaviy himoya elementlarini qöllaş va har xil formatlarda raqamlaş hamda laklaş imkoniyati yaratildi. Jahon amaliyotida har bir mamlakatda banknotlarning tasvirlari yagona mavzu atrofida mujassamlaşgan bölib, xuddi şu kabi bizning banknotlarimiz dizaynini ham yagona mavzu atrofida birlaştiriş maqsad qilingan. Bu mavzu Buyuk ipak yöli va mamlakatimizning qadimiy tarixiga qaratilgan. Jumladan, joriy yilning iyun oyidan muomalaga çiqarilgan 2 000 va 20 000 sömlik banknotlar va çiqişi rejalaştirilayotgan 5 000 va 10 000 sömlik banknotlar mavzusi Buyuk ipak yöli mamlakatimiz tarixiga bağişlangan”, – deydi MB mas'uli.
Yangi banknotlar hajmi oldingi körinişdagi banknotlarga nisbatan ixçamlaştirilgan. Bundan taşqari, yangi banknotlarda köriş qobiliyati past bölgan insonlar uçun banknotlarning nominal qiymatini aniqlaş imkonini beruvçi maxsus elementlar kiritilgan.
Şuningdek, Zafar Asadovning ta'kidlaşiça eski banknotlar tabiiy ravişda muomaladan çiqariladi.
“2013 yilda muomalaga çiqarilgan banknotlar yangi körinişdagi bankotlar bilan bir qatorda parallel ravişda muomalada böladi. Eski banknotlar tölov qobiliyatini yöqotmaydi, tabiiy yöl bilan muomaladan qaytarib olinadi. Kelgusida faqat yangi banknotlar muomalaga çiqariladi. Eski pullar muomalada yurişi va aholi tomonidan hisob-kitobda foydalanilişi sababli yangi pullar muomalaga çiqarilişi heç qanday qöşimça xarajatni talab etmaydi”, – deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yangi körinişdagi 5000 söm va 10 000 sömlik banknotlar dizayni













