«Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yöl qöyilgan kamçiliklar uçun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi Alişer Maqsudov lavozimidan ozod etildi», deyiladi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov bergan xabarda.

Qayd etilişiça, videoselektor yiğilişi tanqidiy ruhda keçmoqda.

Davlat rahbari sohadagi muammolarni körsatib ötgan. Ekologiyaga mas'ul bölgan qömita, boşqa idoralar va mahalliy hokimliklarning taşabbus va amaliy işlari körinmayotgani tanqid qilingan.

Sönggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, şaharlarda çang-gaz miqdori me'yordan 4 baravar oşgan. Atmosferaga taşlanmalarning 90 foizi Toşkent, Samarqand, Farğona, Andijon, Namangan, Qöqon, Navoiy, Buxoro, Çirçiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus şaharlariga töğri keladi.

Şu bilan birga, hududlarda «yaşil maydon»lar 3-4 baravarga qisqarib, örtaça 8 foizdan kamayib ketgan.

Yer usti va osti suv sathining keskin pasayişi ham ekologik vaziyatga salbiy ta'sir körsatayotganiga urğu qaratilgan.

Bundan taşqari, hududlarda maişiy çiqindilarni xususiy şeriklik asosida boşqariş böyiça reja qilingan 62ta loyihadan faqat 15tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Farğonadan taşqari boşqa birorta hududda işlar yakuniga yetkazilmagan.

  • Ma'lumot uçun, Alişer Maqsudov 2020 yil dekabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi etib tayinlangandi. U 2017 yildan 2020 yilgaça «Özpaxtasanoat» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlagan.