Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida joylaşgan 59-maktab direktori va 5 nafar xodimi maktab jamoasi nomidan viloyat xalq ta'lim boşqarmasining noqonuniy xatti-harakatlaridan norozi bölib xalq ta'limi vaziri Ş.Şermatovga video murojaat yöllagan. Viloyat XTB uşbu murojaat böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, 59-maktab öqituvçilarining birortasi ham oliy toifaga ega emas (2 nafar öqituvçi örindoş sifatida boşqa maktabdan kelib faoliyat yuritadi). Öqituvçilarning 3 nafari (6,1 foizi) birinçi toifali, 11 nafari (22,4 foizi) ikkinçi toifali, 30 nafari (61 foizi) mutaxassis öqituvçi bölib, qolgan 5 nafari (10 foizi) örta-maxsus ma'lumotga ega.

2019-2020 öquv yilida 11-sinfni 40 nafar öquvçi tamomlagan bölib, şundan 2 nafari (5 foizi) Özbekistondagi oliygohlarga, yana 2 nafari (5 foizi) xorijiy universitetlarga öqişga qabul qilingan. Bu natija bilan maktab oliy ta'limga kiriş körsatkiçlari böyiça oç qizildan joy olgan.

Ma'lum qilinişiça, uşbu maktab öquvçilarining fan olimpiadalariga iştirokining oxirgi 2 yilligi körib çiqilganda birorta öquvçi sovrinli örinlarni qölga kirita olmagan.

Video murojaatda viloyat XTBdan maktabga asossiz tekşiruvçilar köp kelişi aytilgan. Munosabatda ta'kidlanişiça, joriy yil 5 avgust kuni maktablarning yangi öquv yiliga tayyorgarlik holatlarini örganiş maqsadida viloyat XTB boşliğining birinçi örinbosari I.Kenjayev boşçiligida işçi guruh Oltinsoy tumanida bölgan va 59-maktabga ham borgan.

Maktab direktori soğliği tufayli iş örnida bölmagan. Ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça direktor örinbosari va xöjalik işlari böyiça direktor örinbosarlariga yangi öquv yiliga tayyorgarlik, obodonlaştiriş, sinf xonalarning tozaligi yuzasidan kerakli topşiriqlar berilib, uşbu topşiriqlarni joyida bartaraf ettirib qaytilgan.

Şundan söng, joriy yilning 23 avgust kuni viloyat XTBning moliyaviy tahlil va rejalaştiriş bölimi boş iqtisodçisi J.Mengniyozov hamda boşqarmaning kadrlar bölimi boş mutaxassisi R.Mengliqulovlar Oltinsoy tumanidagi maktablarda öqituvçilar oylik iş haqidan majburiy obuna uçun uşlab qolinayotganligi holati örganilgan. Örganişda 59-maktabda ham bloger Soatmömin Jumayevning xususiy, ta'limga oid bölmagan gazetasiga maktab öqituvçilarining oylik iş haqlaridan ularning rozilik arizalarisiz pul ötkazib berilgani aniqlangan.

«Maktab direktori R.Toşmurodova buni ongli ravişda boşqaça talqin qilib, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 dekabrdagi 348-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan», deyiladi munosabatda.