26 avgust kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining VII qurultoyi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda partiya markaziy kengaşi tarkibiga yangi a'zolar qabul qiliş, ayrimlarini esa çiqariş, şuningdek, kengaşning doimiy a'zolar sonini 85 nafarga köpaytiriş masalasi ham körib çiqildi.
Unga köra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining endilikda sobiq raisi Alişer Maqsudov qurultoyda kiritilgan taklif va a'zolar ma'qullaşi bilan partiya markaziy kengaşi tarkibidan çiqarildi.
Qurultoyda kengaş tarkibiga quyidagi 4 nafar yangi a'zo qabul qilinji:
- Baxtiyor Sayfullayev – Oliy Majlis Senati a'zosi;
- Uluğbek Muhammadiyev – “Yuksaliş” umummilliy harakati boşqarma boşliği;
- Kozimjon Tojiyev – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati;
- Sayfullo Ahmedov – Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi Toşkent şahar kengaşi raisi.
Kun.uz muxbiri tadbir yakunida Alişer Maqsudovning aynan qanday sabab bilan kengaş tarkibidan çiqarilgani böyiça partiya raisi örinbosari Bahodir Mamatxonovga murojaat qildi. Mamatxonov buning sababini bilmasligini aytdi.
“Bilmadim, bu – kengaşning qarori. Lekin qandaydir negativ sabablar yöq. Menimça, partiya hozirgi saylov jarayonida faqat faol a'zolar bilan işlamoqçi”, – dedi u.
Ma'lumot uçun, partiya markaziy kengaşi qurultoylar orasida partiyaning işiga baho va kömak beruvçi yuqori organ hisoblanadi. Unga turli nufuzli taşkilot va davlat organlari rahbarlari hamda jamoat faollari qabul qilinadi.
“Milliy tiklaniş” partiyasining VII qurultoyida markaziy kengaş a'zolari soni 85 nafarga köpaytirildi.
Eslatib ötamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi Alişer Maqsudov 24 avgust kuni öz lavozimidan ozod etildi.
Bunga “sohadagi tizimli muammolarni hal qilmagani va yöl qöygan boşqa kamçiliklari” sabab bölgani aytildi.

















