Soğliqni saqlaş vazirligi mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarning qarindoşlari bilan qisqa muddatli uçraşuvlariga epidemik vaziyat sabab qöyilgan çeklovlar bekor qilingani haqida xabar berdi.
«Koronavirus infeksiyasi yanada keng tarqalişining oldini oliş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining joriy yil iyul oyidagi qarori bilan jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarga qarindoşlari bilan uzoq muddatli uçraşuv berilişi vaqtinça töxtatilgan edi.
Keyinçalik mamlakatdagi epidemik vaziyatni hisobga olib, ular örtasida koronavirus tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida qisqa muddatli uçraşuv berilişini vaqtinça töxtatiş töğrisidagi takliflar ham ma'qullangandi.
Co‘nggi kunlarda mamlakatimizdagi epidemik holat barqarorlaşayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslar bilan qisqa muddatli uçraşuvga qöyilgan vaqtinçalik taqiqlar bekor qilindi», deyiladi xabarda.
IIV Jazoni ijro etiş departamenti şu yilning 6 iyulidan jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarning yaqin qarindoşlari bilan uzoq va qisqa muddatli uçraşuvlari vaqtinça töxtatilgani haqida ma'lum qilgandi.
















