2021 yil 6 sentabr kunidan boşlab Samarqand şahrida ekopolitsiya iş boşlaydi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yilning 6 sentyabridan e'tiboran Samarqand şahrida ekopolitsiya öz faoliyatini boşlaydi. Ekopolitsiya Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalarida körsatib ötilganidek;
- transport vositalaridan çiqindi yoki boşqa narsalarni taşlab yuborganlik uçun;
- jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini iste'mol qilişi oqibatida atrofdagi fuqarolar salomatligiga ta'sir etganlik uçun;
- belgilanmagan joylarda turli xildagi çiqindilarni (sigaret qoldiği, pista pöçoği, turli qoğoz, şişa, sellofan va plastik buyumlar) taşlagan(uloqtirgan)lik uçun;
- şahar va şahar atrofidagi mahalla, xiyobon, boğlar va yöl böylaridagi ösimlik dunyosiga zarar yetkazganlik uçun;
- çiqindi va xazonlarga öt qöyib, yoqib yuborganlik uçun,
- tabiat jonivorlariga ozor berganlik uçun qat'iy çora köriş va jarimaga tortiş vakolatiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 24 avgust kuni Ş.Mirziyoyev boşçiligida ekologiya sohasiga oid videoselektor ötkazilgandi. Unda Toşkent şahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi taşkil etilib, ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesiş, brakonerlik, noqonuniy çiqindilar taşlaş kabi holatlarga qarşi profilaktika vazifalarini amalga oşirişi va uşbu Ekologiya politsiyasi Içki işlar tizimida faoliyat yuritişi ta'kidlab ötilgandi.
Daraxtlarni kesişga moratoriy uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuçaytiriladi - Prezident
«OAV muammolarni boriça aytmoqda» — Prezident ekologik vaziyat oğirlaşib ketişida hokimlarni aybladi

















