Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida yaşovçi 71 yoşli onaxon 29 yil deganda Özbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda Nişon tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Lyuli Qoraqulova 1992 yilda ma'lum sabablarga köra Tojikiston Respublikasidan Nişon tumani, Talimarjon şaharçasiga köçib kelgan. Şundan söng u uzoq yillar davomida fuqaroligi yöq şaxs guvohnomasi bilan yaşab kelgan.
Joriy yil 8 sentabr kuni onaxonga Nişon tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topşirilgan.
Eslatib ötamiz, 16 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunga qöşimça va özgartişlar kiritiş haqidagi qonunni imzolagandi. Unga köra, 2005 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan hamda muqaddam çet davlat fuqaroligida bölmagan şaxs xohiş bildirgan taqdirda, Özbekiston fuqarosi deb tan olinadi. Şuningdek, qonun bilan Özbekistonda tuğilgan fuqaroligi bölmaganlarga fuqarolik oliş uçun uzluksiz 5 yil yaşaş talabi bekor qilingan.

















